Ukraina qurolli kuchlari Maryinka qo‘ldan boy berilganini inkor etdi
Maryinkaning qo‘lga olingani haqidagi bayonotlar bir kun oldin Rossiya «harbiy muxbirlari» bloglarida va Telegram-kanallarida paydo bo‘ldi. Xabarlar bir-biriga zid.
Ukraina brigada generali, «Tavriya» qo‘shinlarining tezkor-strategik guruhi qo‘mondoni Aleksandr Tarnavskiy 13 dekabr, chorshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida Maryinka yo‘nalishidagi vaziyat haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dushman hozir Novomikaylovka va Krasnogorovka hududlarida to‘xtatilmoqda. Jumladan, 11 ta hujum qaytarildi. «Maryinka hududida dushman keyingi hujum operatsiyalari uchun kuchlarni to‘plamoqda. U bu shaharning to‘liq qo‘lga olinishi haqida ma’lumot va provokatsiyalarni tarqatishda davom etmoqda. Maryinkani mudofaa qilish to‘xtamayapti», - deyiladi uning xabarida.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining kechki hisobotida faqatgina «Maryinka yo‘nalishida mudofaa kuchlari Donetsk viloyatining Novomikaylovka va Krasnogorovka hududlarida dushmanni ushlab turishda davom etmoqda, bu yerda dushman himoyachilar pozitsiyalariga 11 marta muvaffaqiyatsiz hujum qilgan», deyiladi.
Rossiya «harbiy muxbirlari» tomonidan Maryinka qo‘lga olingani haqida soxta xabarlar
Maryinkaning qo‘lga olingani haqidagi bayonotlar bir kun oldin Rossiya «harbiy muxbirlari» bloglarida va Telegram-kanallarida paydo bo‘ldi. Xabarlar bir-biriga zid. Ba’zilar shaharning to‘liq qo‘lga olinishi haqida, boshqalari esa faqat janubiy qismi egallab olingani haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, shahar janubida Pobeda va Novomikaylovka aholi punktlari uchun janglar olib borilayotgani xabar qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Maryinka qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.
Donetsk chekkasi bo‘lgan Maryinka uchun janglar deyarli Ukraina urushi boshlanganidan beri olib borilmoqda. Bu davrda katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan shahar xarobaga aylangan.
Mavzuga oid
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30 / 10.11.2024