Jahon | 09:20 / 14.12.2023
3806
3 daqiqa o‘qiladi

YeI G‘arbiy Bolqon davlatlaridan ko‘proq islohotlar kutmoqda

Yevropa kengashi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Bolqonning barcha olti davlati YeIga a’zo bo‘lish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishga ahd qilgan.

Foto: Kenzo Tribouillard/AFP

Yevropa Ittifoqi G‘arbiy Bolqon mamlakatlarini jamiyatga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan islohotlarni yakunlashga chaqirdi. «Biz ulardan keyingi islohotlarni, ayniqsa, qonun ustuvorligi, adolat mustaqilligi sohasida amalga oshirilishini kutamiz», dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel 13 dekabr, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi-G‘arbiy Bolqon sammitiga kelganida.

Mishel mintaqada kerakli islohotlarni amalga oshirish uchun «kuchli siyosiy qat’iyat» borligini aytdi. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrel G‘arbiy Bolqon davlatlarining Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvidagi sustlikdan afsus bildirdi. «Biz bergan va’dalarni bajarishimiz, umidsizlikka tushmaslik va yaratilgan umidlarni oqlashimiz kerak», dedi u.

Buning evaziga Yevropa Ittifoqi ushbu mamlakatlardan Bryusselning tashqi siyosiy qarorlarini, jumladan, sanksiyalarni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi, deb eslatdi Borrel. Gap Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod davlat bo‘lgan, biroq Rossiyaga qarshi kiritilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qo‘shilishdan bosh tortayotgan Serbiya haqida bormoqda.

G‘arbiy Bolqon mamlakatlari YeIga qo‘shilishning turli bosqichlarida

G‘arbiy Bolqonning barcha oltita davlati Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga intilmoqda, biroq jarayonning turli bosqichlarida. Bryussel hozirdanoq Serbiya, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya va Albaniya bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu davlatlardan ba’zilari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun o‘nlab yillar kutishgan. Shu tariqa, Shimoliy Makedoniya 2005 yildan, Chernogoriya 2010 yildan, Serbiya 2012 yildan, Albaniya 2014 yildan beri nomzod maqomiga ega. Yevropa Ittifoqi bu maqomni Bosniya va Hersegovinaga 2022 yilning dekabrida bergan. Mustaqilligi 2008 yilda e’lon qilingan va haligacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bir qancha davlatlar tomonidan tan olinmagan Kosovo Respublikasi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun «potensial nomzod» sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid