O‘zbekiston | 07:44 / 15.12.2023
10841
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» sobiq raisi kompaniya bosh muhandisi etib tayinlandi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» sobiq raisi Husniddin Hosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi. 

O‘zbekiston hukumatning tegishli qaroriga muvofiq «O‘zbekiston temiryo‘llari» tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan:

Zufar Narzullayev – «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruv raisi lavozimiga;

Zufar Narzullayev

Hikmatulla Rahmetov – «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Hikmatulla Rahmetov

Husniddin Hosilov – «O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi lavozimiga;

Husniddin Hosilov

Abdumalik Komiljonov – «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Abdumalik Komiljonov

Elyor Rizayev – «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining temiryo‘l obektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga tasdiqlandi.

Elyor Rizayev

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston temiryo‘llari» sobiq raisi Husniddin Hosilov iyul oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.

U 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini injyener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida «O‘zinterservis» qo‘shma korxonasi, «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» unitar korxonasi, «O‘zbekiston temiryo‘llari» DATK, Vazirlar Mahkamasi departamentida turli lavozimlarda ishlagan.

2016 yil apreldan «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining bosh menejyer — bosh muhandisi lavozimida ishlay boshlagan. U 2019 yilning fevralida 2002 yildan buyon kompaniya boshqaruv raisi sifatida ishlab kelgan Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan.

temiryo‘l, Husniddin Hosilov 
https://t.me/uzrailways_uz/6956

Mavzuga oid