Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya «yashil» energetikada qo‘shma loyihalarni muhokama qilyapti
O‘zbekiston TIV rahbari va Janubiy Koreya prezidentining kotibi ikki tomonlama kun tartibi, shu jumladan «yashil» energetika sohasida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi prezidentining iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha kotibi Van Yun Chjong bilan uchrashdi.
«O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi prezidentining iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha kotibi Van Yun Chjong janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlandi hamda texnologik va investitsiyaviy hamkorlik, «yashil» energetika sohasida qo‘shma loyihalarni ilgari surish va boshqa masalalar bo‘yicha kun tartibi muhokama qilindi.
Shu yil 11 sentabr kuni Seul shahrida O‘zbekiston va Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Strategik muloqotning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025