Ruminiya o‘z hududida dron qulagani tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
Rossiyaning uchuvchisiz uchog‘i Ruminiya hududida Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda qulab tushdi. NATO Rossiya dronini yo‘q qilishga buyruq bermagan.
14 dekabr, payshanba kuni Rossiyaning uchuvchisiz uchog‘i Ruminiya hududiga Ukraina bilan chegara yaqinida qulaganidan so‘ng, Buxarestdagi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirganini ma’lum qildi. Rossiya «xalqaro qonunlarni buzgan holda Ruminiya havo hududini yana bir bor buzdi», deyiladi idora bayonotida.
Hujjatda qayd etilishicha, Rossiyaning uchuvchisiz uchog‘i Grindu shahri yaqinidagi Ruminiya hududiga qulagan. Shundan so‘ng, Ruminiyaning F-17 qiruvchi samolyotlari va Germaniyaning Eurofighter harbiy samolyotlari trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarildi.
«Qurilmaning nazoratsiz qulashi natijasida chuqurligi 1,5 m bo‘lgan chuqurlik aniqlandi, - deyiladi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. - Ukraina porti infratuzilmasiga hujumda foydalanilgan uchuvchisiz uchoq Grindu shahridan yuqori oqimda taxminan 4 km uzoqlikdagi odam yashamaydigan hududga qulagan». Vazirlikning qayd etishicha, holat yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi.
O‘z navbatida, Ukraina OAV 14 dekabrga o‘tar kechasi Odessa viloyatiga ko‘p soatlik hujum paytida uchirilgan Shahed droni Ruminiya hududiga qulaganini yozmoqda. Ushbu hujum natijasida 11 kishi, jumladan, uch bola yaralangan.
NATO hodisani alyansga hujum deb hisoblamaydi
NATO qo‘mondonligi nima bo‘layotganini kuzatdi, ammo Rossiya UUAsini yo‘q qilish haqida buyruq bermadi. Alyans rus dronining qulashini harbiy blokka hujum deb hisoblamaydi, deb tushuntirdi NATO matbuot kotibi Dilin Uayt X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Biz Rossiyaning Ukraina va Dunay bo‘yidagi fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarini keskin qoralaymiz. Lekin NATOda Rossiyaning ittifoqchilarga ataylab hujum qilganini ko‘rsatuvchi hech qanday ma’lumot yo‘q. Biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz va Ruminiya rasmiylari bilan yaqin aloqadamiz», - dedi Uayt.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024