O‘zbekiston | 11:34 / 16.12.2023
4711
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidentining joriy yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid