O‘zbekiston | 19:58 / 18.12.2023
25066
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sobiq harbiy Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Burhon Xudoyberdiyevich Qo‘ldoshev Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligi ijroiya apparati yig‘ilishida u viloyat jamoatchiligiga tanishtirilgan.

Burhon Qo‘ldoshev 1988 yilda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug‘ilgan, yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ma’lumotli. 2010 yildan tayinlovga qadar harbiy xizmatda ofitserlik va rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Farg‘ona viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan beri ishlab kelgan Jamshid Xatamov esa Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid