Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda zo‘ravon yo‘lovchi svetoforda to‘xtab turgan mashinani pachaqlab tashladi
Hodisa Qarshi shahridagi ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan. Zo‘ravonni YPX inspektori ham to‘xtatishga uringan, biroq u bo‘ysunmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolardan biri qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan boshqa bir odamga hujum qilgani va so‘ng temir bilan yo‘lning o‘rtasida to‘xtab turgan mashinaning oynalarini sindirgani va o‘zini pachaqlagani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda to‘xtab turgan mashinaga Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqami taqilganini, zo‘ravonni YPX xodimi ham to‘xtatishga uringanini, biroq u bo‘ysunmaganini ko‘rish mumkin.
Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi. Unda yozilishicha, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Svetoforning qizil chirog‘ida o‘z yo‘lida to‘xtab turgan “Lada-Largus” mashinasi haydovchisini qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan “Kobalt” yo‘lovchisi hujum qilib, urmoqchi bo‘lgan.
So‘ng qo‘lidagi temir buyum bilan “Lada-largus” mashinasining oynalarini urib sindirgan. Holatga guvoh bo‘lgan Qashqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, zarar miqdorini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.
“Voqea joyida bo‘lgan ichki ishlar organi xodimining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025