Belarus bilan chegarani mustahkamlayotgan ukrainlar va Baxmut atrofidagi vaziyat. Urush suratlari
Ukrainada urushning 663-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod oblasti gubernatori chegaradagi Terebreno qishlog‘ida «raqib bilan o‘qotar qurollar vositasida janglar olib borilgani» haqida xabar berdi. Otishmalar oqibatida elektr uzatish liniyasi shikastlangan, Terebreno va qo‘shni Starosele qishlog‘idagi abonentlar elektrdan uzilgan. Shuningdek, Terebrenoda uchta uyga shikast yetgan. «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod oblastiga hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.
- Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rostov, Lipetsk va Volgograd oblastlari hududida ukrainlarning 35 ta droni to‘xtatilgani va urib tushirilganini ma’lum qildi. Gubernator Igor Artamonov dronlar ilk bor Lipetsk oblastiga hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.
- Yozuvchi Boris Akuninga nisbatan Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatish hamda terrorizmni oqlash bo‘yicha ish ochildi. Uni Rosfinmonitoringning terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga tirkashgan.
- Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketini tasdiqladi. Bu olmos importini taqiqlash va Rossiyaga harbiy va boshqa ikkinchi maqsadlarda ham foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlar va texnologiyalarni reeksport qilishni cheklashni o‘z ichiga oladi. 86 tashkilot va 61 jismoniy shaxs, jumladan Dmitriy Medvedevning o‘g‘li Ilya, Kuzbass gubernatorining rafiqasi – Vladimir Putinning amakivachchasi Anna Tsivilev, shuningdek Moskva shahar dumasi rahbari Aleksey Shaposhnikov personal sanksiyalar ta’siriga tushgan.
- Finlandiyada sud «Rusich» neonatsistlar guruhi yetakchilaridan biri Voislav Tordenni hibsga oldi. U Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etishda gumonlanmoqda.
- «Mediazona» va BBC rus xizmati 155-dengiz piyodalari brigadasining kamida 234 nafar harbiysi Ukrainada halok bo‘lganini tasdiqladi.
- Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, Yevroittifoq Ukrainaga yordam paketini kelishish uchun Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etishi mumkin.
Kun kadri. Donetsk oblastidagi ukrain harbiy xizmatchilari
Ukraina Belarus bilan chegarada mudofaa chizig‘ini mustahkamlamoqda
Dekabr oyida Ukraina qurolli kuchlari butun front bo‘ylab mudofaalanishga o‘tdi — va Rossiyaga Ukrainaning yozgi qarshi hujumini to‘xtatishga yordam bergan «Surovikin chizig‘i» namunasida mustahkamlangan liniyani barpo etishga kirishdi. Harbiy ekspertlar Ukraina janubidagi «Surovikin chizig‘i»ni Ikkinchi jahon urushi davridagi yirik muhandislik mudofaa istehkomlari bilan taqqoslashadi. Minalar, «ajdar tishlari», «tulki uyalari», tankka qarshi ariqlar va mustahkamlangan okoplarning bir necha qatorlaridan iborat mudofaa chizig‘ining uzunligi bir necha yuz kilometrga yetgan.
Ukraina Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus bilan chegaradagi vaziyat nazorat ostida qolayotganiga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari «bu yo‘nalish tahdidli bo‘lib qolmoqda» deb hisoblamoqda. «Biz voqealarning istalgan rivojiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Shuning uchun, tabiiyki, chegara muhandislik nuqtayi nazaridan mustahkamlanmoqda», — deya qayd etilgan Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabarida.
Baxmut atrofidagi pozitsiyada turgan ukrain jangchilari
Moskvada urushni qo‘llab ko‘tarilgan banner
Odessa o‘qqa tutilishi oqibatlari
Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper 17 dekabr kuni havo hujumidan mudofaa kuchlari region ustida Shahed rusumli to‘qqizta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Urib tushirilgan qurilmalardan biri Odessa rayonidagi kvartal hududiga qulagan va portlagan — buning natijasida xususiy uyda va sport muassasasi omborida yong‘in boshlangan. Uylardan birida bir jasad aniqlangan.
«Dumskaya» nashri xabariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs — 54 yoshli Dmitro Ivanitsa Mechnikov nomidagi Odessa milliy universiteti xodimi bo‘lib, u ukrainalik mikrobiolog olim, professor, shu universitet prorektori bo‘lgan Volodimir Ivanitsaning o‘g‘lidir. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, urib tushirilgan dron bino tomini teshib o‘tgan va Ivanitsa yashagan uyda portlagan.
Mavzuga oid
21:07
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:49
Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari «Oreshnik»ning navbatdagi nishoni bo‘lishi mumkin - Putin
10:18