MBning Buxoro viloyati bo‘yicha boshlig‘i va sobiq tuman hokimi hibsga olindi
Markaziy bankning Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov (suratda) qariyb 20 mln dollar mablag‘ni o‘zlashtirishda ishtirok etganlikda gumonlanyapti. Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayevga nisbatan esa yer berish tartibini buzish va boshqa moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Ayni paytda ular qamoqqa olingan.

Buxoro viloyatida ikki mansabdor ustidan korrupsiyaviy ayb bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov va Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrillo Jo‘rayev hibsga olingan. Buni tahririyatga Buxoro viloyati prokuraturasi ham tasdiqladi.
Manbaning bildirishicha, MBning Buxoro viloyati bo‘yicha boshlig‘i Erkin Mansurovga nisbatan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda mansab soxtakorligi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
U jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kredit ajratishga yordam berganlikda va qariyb 20 mln dollar miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ishtirok etganlikda gumonlanyapti. Mansurov bilan bog‘liq jinoyat ishini Bosh prokuratura tergov qilyapti
Erkin Mansurov 1979 yil 11 iyulda Vobkent tumanida tug‘ilgan. U 2021 yilning dekabr oyi oxirida Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bungacha Ipotekabank Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev esa Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi "a" bandi, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi, 229-4-moddasi (o‘zboshimchalik bilan yer berish tartibini buzish) 2-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan, Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Jo‘rayevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Xayrullo Jo‘rayev 1973 yilda tug‘ilgan. Muqaddam “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi rahbari bo‘lgan, 2020 yilning dekabr oyi boshida Buxoro tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida uni ham ishdan olishga ko‘rsatma berilgandi.
- Avvalroq so‘nggi bir oyda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida o‘nga yaqin mansabdor qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.
- Xususan, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov talon-toroj va vakolatini suiiste’mol qilishda, Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyat ishda, soliq idoralarining uch nafar mansabdori talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

19:06 / 18.03.2025
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025