Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga qalbaki 8,9 ming dollarni sotish maqsadida olib kelayotgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan JK 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida qalbaki 8900 AQSh dollarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Erkin” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.J. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro jami 89 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki 8900 AQSh dollarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025