Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram munosabati bilan avtobus, poyezd va samolyotlarning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
20 dekabrdan boshlab avtovokzallarda 381 ta, temiryo‘llarida 58 ta, havo yo‘llarida esa 17 ta qo‘shimcha qatnovlar bo‘lishi kutilmoqda. Grafikdan tashqari qo‘yilayotgan avtobuslarning qo‘shimcha qatnovi 7 yanvargacha davom etadi, havo yo‘llariniki 29 dekabrda yakunlanadi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan ichki qatnovlar uchun qo‘shimcha reyslar joriy etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Avtovokzallar
Qayd etilishicha, 20 dekabrdan 7 yanvargacha «Toshkent» va Abu Saxiy hamda hududiy avtovokzallardan kunlik grafik asosida qatnovchi reyslardan tashqari 381 ta qo‘shimcha reyslar ishga tushiriladi. Bu orqali 18 ming 669 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Xususan, «Toshkent» avtovokzalidan jami 14 ta yo‘nalishda 290 ta reys orqali 14 ming 210 yo‘lovchiga tashiladi.
Reyslar va tashiladigan yo‘lovchilar taqsimotining yo‘nalishlar kesimidagi raqamlari:
- «Toshkent-Qarshi» – 40 ta reys 1960 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Qorako‘l-Olot» – 36 ta reys 1764 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Termez» – 28 ta reys 1372 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Shaxrisabz» – 16 ta reys 784 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Denov-Uzun» – 23 ta reys 1127 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Buxoro» – 103 ta reys 5047 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Zarmitan» – 5 ta reys 245 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Djush» – 5 ta reys 245 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Zarafshon» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Uchkuduk» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Mirbozor-Xatirchi» – 8 ta reys 392 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Urgench» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Xiva» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi.
Abu Saxiy avtovokzalidan jami 7 ta yo‘nalishda 91 ta reys orqali 4 459 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan G‘ijduvon, Navoiy, Nukus, To‘rtko‘l, Beruniy, Boysun hamda Urganch yo‘nalishlariga 13 tadan reys ajratiladi va ularda 637 nafar yo‘lovchi tashiladi.
Vazirlikka ko‘ra, Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi 44 ta shaharlararo yo‘nalishlarda 276 ta avtobuslar biriktirilgan bo‘lib, bayram arafasida ushbu avtobuslarning barchasi to‘liq faoliyat olib boradadi.
Temiryo‘llar
Ashurmatovning ta’kidlashicha, shu yilning 22 dekabr kunidan 2024 yil 7 yanvariga qadar «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan qatnovlar uchun 58 ta qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi. Buning natijasida qishqi ta’til davrida 50 ming 240 nafar yo‘lovchini qo‘shimcha tashish imkoniyati yaratiladi.
Yo‘nalishlar kesimidagi reyslar va tashiladigan yo‘lovchilar soni:
- «Toshkent-Xiva-Toshkent» – 18 ta reys 10800 nafar yo‘lovchi;
- «Toshkent-Buxoro-Toshkent» – 12 ta reys («Afrosiyob») 3432 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Samarqand-Toshkent» – 28 ta reys («Afrosiyob») 8008 yo‘lovchi.
Bundan tashqari, «Toshkent-Urganch-Toshkent», «Toshkent-Andijon-Toshkent», «Toshkent-Termiz-Toshkent», «Toshkent-Buxoro-Toshkent», «Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent» va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha to‘rttadan vagonlar ulanadi.
Havo yo‘llari
Aviatsiya yo‘nalishida esa 23—29 dekabr kunlari «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 17 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.
Xususan:
- «Toshkent – Urganch – Toshkent» yo‘nalishida 5 ta (25, 26, 27, 28, 29 - dekabr kunlari);
- «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida 4 ta (23, 25, 26, 29 - dekabr kunlari);
- «Toshkent – Nukus – Toshkent» yo‘nalishida 3 ta (23, 24, 29 dekbar kunlari);
- «Toshkent – Termiz – Toshkent» yo‘nalishida 2 ta (23, 25 dekabda);
- «Toshkent – Farg‘ona – Toshkent» 1 ta (25 dekabr);
- «Toshkent – Qarshi – Toshkent» 1 ta (27 dekabr);
- «Toshkent – Namangan – Toshkent» 1 ta (29 dekabr) yo‘nalishlarida qo‘shimcha reyslar bajariladi.
Bundan tashqari, yo‘lovchi oqimidan kelib chiqib, «Toshkent – Nukus – Toshkent», «Toshkent – Urganch – Toshkent» yo‘nalishlarida kichik fyuzelyajli laynerlarni keng havo kemalariga almashtirish orqali qo‘shimcha yo‘lovchilar tashish uchun o‘rindiqlar yaratilishi reja qilingan.
«Humo Air» aviakompaniyasi tomonidan «Toshkent – Urganch – Toshkent», «Toshkent – Nukus – Toshkent», «Toshkent – Qarshi – Toshkent» hamda «Toshkent – Samarqand – Toshkent» yo‘nalishlarida 180 ta o‘ringa mo‘ljallangan A-320 havo kemalarida qo‘shimcha 7 ta reys yo‘lga qo‘yilib, 1280 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, Transport nazorati inspeksiyasining 195 nafar inspektorlari respublikadagi har bir tumanga biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan bayram kunlarida tadbirkorlik sub’yektlari (taksilar) yo‘lkira narxlarini sun’iy ravishda oshirib yubormasligi bo‘yicha doimiy ravishda tushuntirish ishlari hamda nazorat tadbirlari olib boriladi. Bu chora-tadbirlar bilan mavsumiy talab to‘la qondirilishi va’da qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvarigacha deb belgilangandi.
Ta’til 13 kalendar kun davom etadi va darslar 8 yanvar, dushanbadan boshlanadi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
08:48 / 16.05.2025