Jahon | 09:09 / 20.12.2023
8555
2 daqiqa o‘qiladi

Safarbar etilganlarning xotinlari: frontdagi erlarimizni qo‘rqitishmoqda

Safarbar qilinganlardan videomurojaat orqali frontdagi vaziyatdan qoniqish hosil qilayotganini aytish talab etilib, «qaytish chiptasisiz hujum qilishga jo‘natish» bilan tahdid qilinmoqda, deydi erlarini uyga qaytarishni talab qilayotgan faollar. 

Foto: Telegram / SOTAPROJECT

Ukraina urushidan safarbar qilingan rossiyaliklarning qaytishini talab qilayotgan faollarning erlari Federal xavfsizlik xizmati («FSB»)ga so‘roqqa chaqirila boshlandi. Bu haqda 19 dekabr, seshanba kuni «Put domoy» harakatining Telegram-kanalida ma’lum qilindi

Safarbar qilinganlardan mobil telefonlari qaytarib berilmay tortib olinadi, xotinlari haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi, shuningdek, videomurojaat yozib, frontda hammasi yaxshi ekanini aytish talab qilinadi, deydi faollar. Aks holda, safarbar qilinganlar «qaytish chiptasisiz hujum qilishga jo‘natish» bilan qo‘rqitilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan ayollar. 

Safarbar etilganlarning qarindoshlari, agar turmush o‘rtoqlariga biror narsa bo‘lsa, xalqaro bayonot bilan chiqishga va’da berdi. «Buni kim qilganini hamma bilib oladi. Va butun chirigan haqiqat oshkor bo‘ladi hamda yuzaga chiqadi», deyiladi Telegram-kanalda. Faollar Rossiya rasmiylarini ularning xavotiriga e’tibor bermaganlikda ayblamoqda. «Bizga o‘zimizni xuddi yo‘qdek ko‘rsatadigan rasmiylar nega kerak? Ular butunlay o‘z nazorati ostidagi televizorda yashaydi», - deydi ayollar.

Safarbar qilinganlarni uyga qaytarishga chaqiruvchi aksiyalar

So‘nggi oylarda safarbar qilingan rossiyaliklarning xotinlari frontda bir yildan ortiq bo‘lgan erkaklarni uylariga qaytarishni talab qilmoqda. Ular fleshmoblar o‘tkazib, mitinglarga chiqyapti va rasmiy xatlar yo‘llab, safarbar etilganlarning urushda bo‘lishi maksimal muddatini bir yil bilan cheklashni, barcha yaradorlarni qaytarishni, taqiqlangan kasalliklar ro‘yxatini kengaytirishni talab qilyapti.

Ko‘plab mintaqalar rahbariyati COVID-19 pandemiyasini bahona qilib, qarindoshlarga miting o‘tkazishga ruxsat bermayapti. Kreml talablarga izoh taqdim etmadi. 

Mavzuga oid