Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi
Er-xotin va ularning uch nafar farzandi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga yotqizilgan
Samarqand shahrida yashovchi oilaning besh nafar a’zosi is gazi bilan zaharlangan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 18 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Shaharning Sarbon mahallasida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan F.A., uning xotini, 1993 yilda tug‘ilgan R.A., ularning qizlari, 2014 yilda tug‘ilgan Sh.A., 2019 yilda tug‘ilgan Sh.A. va o‘g‘li 2023 yilda tug‘ilgan A.A. is gazidan zaharlangan.
Hodisada hech kim vafot etmagan va jabrlanuvchilar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga yotqizilgan.
Avvalroq, Qoraqalpog‘iston respublikasi Chimboy tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etgani va yana 2 kishi shifoxonaga yotqizilgani, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ikkita oilada to‘rt nafardan odam is gazi tufayli halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025