BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun shart-sharoit yaratishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
Shuningdek, HAMAS harakatidan garovdagi barchani hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilish talab etildi.
BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun shart-sharoit yaratish va anklavga gumanitar yordamning xavfsiz kirishini ta’minlashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Rezolyutsiyani Xavfsizlik kengashining 13 a’zosi yoqlab ovoz berdi, AQSh va Rossiya betaraf qoldi.
Ovoz berishdan oldin Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya rezolyutsiya loyihasidagi «o‘t ochishni to‘xtatish uchun shart-sharoit yaratish» degan so‘zlarni «gumanitar yordamga xavfsiz va uzluksiz kirishni ta’minlash uchun o‘t ochishni to‘xtatish» so‘zlari bilan almashtirishni taklif qildi. 10 ta davlat ushbu tuzatishni yoqlab chiqdi, 4 davlat betaraf qoldi, AQSh esa qarshi ovoz berdi va shu bilan taklifga veto qo‘ydi.
Avvalroq, BMT anklavga gumanitar yordamning to‘siqsiz kirishini ta’minlash uchun G‘azo sektoridagi «jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish»ga chaqiruvchi rezolyutsiyani tayyorlagan edi. Biroq, AQSh bunday matndagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlay olmasligini aytdi va shuning uchun bu band «harbiy harakatlarni to‘xtatib turish» so‘zlari bilan almashtirildi. Biroq, Yaqin Sharq ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yakuniy versiyada matn «harbiy harakatlarni barqaror to‘xtatish uchun shart-sharoit yaratish» so‘zlariga o‘zgartirildi.
Muhokama mavzusiga aylangan yana bir masala, BMTning G‘azo sektoriga kirib kelayotgan gumanitar yordam va uning taqsimotini kuzatish mexanizmini yaratish chaqirig‘i bo‘ldi. Yakunda, bu taklif «BMT Bosh kotibiga insonparvarlik yordamini kuzatish uchun yuqori darajali gumanitar koordinatorni tayinlash huquqini berish»ga o‘zgartirildi.
Rezolyutsiyada, shuningdek, HAMAS harakatiga garovdagi barchani hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilishga chaqiriq bor. Bundan tashqari, rezolyutsiya Xavfsizlik Kengashining barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga chaqiruvini takrorlaydi. Tinch aholini himoya qilish va ularning yashashi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani, xususan, shifoxonalar, maktablar, ibodatxonalar va BMT obektlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 22.11.2024
BMT RFning Dniproga ballistik raketa zarbasidan xavotirda
15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024