O‘zbekiston | 10:04 / 23.12.2023
3149
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Gambiya o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishni rejalashtiryapti  

O‘zbekiston va Gambiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Toshkentda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va chet eldagi gambiyaliklar ishlari bo‘yicha vaziri Mamadu Tangara bilan uchrashdi.

«Tashqi ishlar vazirligida Gambiya tashqi siyosat idorasi rahbari Mamadu Tangara janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Uchrashuv davomida mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid