O‘zbekiston | 08:32 / 23.12.2023
5287
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda huquqshunoslar va hisobchilarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi

2023 yilning yanvar-oktyabr oylari natijalariga ko‘ra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1015,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Foto: Fotolia

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,8 foizga oshgan. 

Hududlar kesimida huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:

Qoraqalpog‘iston R. – 10,5 mlrd so‘m; 
Andijon viloyati – 12,4 mlrd so‘m; 
Buxoro viloyati – 13,9 mlrd so‘m; 
Jizzax viloyati – 5,2 mlrd so‘m; 
Qashqadaryo viloyati – 13,4 mlrd so‘m; 
Navoiy viloyati – 8,9 mlrd so‘m; 
Namangan viloyati – 14,3 mlrd so‘m; 
Samarqand viloyati – 27,4 mlrd so‘m; 
Surxondaryo viloyati – 4,5 mlrd so‘m; 
Sirdaryo viloyati – 4,4 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 33,2 mlrd so‘m; 
Farg‘ona viloyati – 22,6 mlrd so‘m; 
Xorazm viloyati – 13,8 mlrd so‘m; 
Toshkent shahri – 831,2 mlrd so‘m.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid