O‘zbekiston | 20:16 / 23.12.2023
28552
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jinoyatda gumonlanib, 8 nafar shaxs ushlandi

Ular firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumonlanmoqda.

Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, quyidagi shaxslar ushlangan va tergovga jalb qilingan:

- Yuldoshev Doniyor Baxtiyorovich (1984 y.t. Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik);

- Alimov Fazliddin Fayzullayevich (1988 y.t. Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);

- Quvatov Shovkat Shuxratovich (1991 y.t. Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi (bezorilik);

- Tulyaganov Nuriddin Baxtiyarovich (1988 y.t. Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik);

- Sotvoldiyev Ilxom Mahmudjonovich (1986 y.t. Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);

- Yunusov Doniyor Faxriddin o‘g‘li (1992 y.t. Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi (bezorilik);

- Erkinov Baxtiyor To‘lqin o‘g‘li (1992 y.t. Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik);

- Maxmudov Umid Agzamovich (1987 y.t. Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid