Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkiston» va «Yunusobod» metro bekatlari 25 dekabrdan ishga tushadi
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishidagi mazkur metro bekatlari 26 avgust kuni 4 oy muddatga rejali profilaktik ishlar uchun yopilgandi. Doimiy ish rejimiga o‘tayotgan bekatlarda poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartirilmoqda.
«Turkiston» va «Yunusobod» metro bekatlari 25 dekabrdan doimiy ish reja asosida xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Kun.uz’ga “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartirilmoqda.
“Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, “Yunusobod” hamda “Turkiston” metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgan edi. Ushbu profilaktik ishlar o‘z yakuniga yetkazildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tonggi 5:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan”, deyiladi “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy ma’lumotida.
Oldinroq bu yo‘nalishdagi poyezdlar harakati 26 dekabrda yo‘lga qo‘yilishi kerakligi, ammo bekatlarning aytilgan san
Mavzuga oid
20:09 / 07.01.2024
Toshkentda metro poyezdi texnik nosozlik sababli to‘xtab qoldi
19:24 / 05.01.2024
Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi
10:47 / 02.01.2024
Megatirbandlik, mingta avtobus va qulab tushgan yo‘l o‘tkazgich – 2023 yilda transport sohasida nimalar yuz berdi?
14:30 / 28.12.2023