Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq organlari tomonidan noqonuniy undirilgan 400 mln so‘m mablag‘ tadbirkorga qaytarildi
Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilib, tadbirkor hisob raqamidan qariyb 400 mln so‘m yechib olingan.
Poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor Toshkent shahar soliq boshqarmasi xodimlari xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilib, jamiyat hisob raqamidan qariyb 400 mln so‘m yechib olingan.
Murojaatda ko‘rsatilgan masala yuzasidan soliq organiga yuborilgan qonuniy talablar asosida tadbirkor hisob varaqasida mavjud bo‘lgan foyda solig‘i bo‘yicha 340,9 mln so‘m va SORJ (Soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi) bo‘yicha 53,6 mln so‘m mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga qaytarish yuzasidan soliq organi tomonidan xulosalar tayyorlanib, tuman g‘aznachilik bo‘limiga yuborilgan. Natijada pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga qaytgan.
Mavzuga oid
21:18 / 15.01.2025
Qarshi tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi - ombudsman
16:09 / 01.01.2025
Rossiya va Ukraina ombudsmanlari harbiy asirlar bilan suhbatlashdi
10:11 / 06.12.2024
Ombudsmanga ruhiy, jismoniy bosim yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushdi
20:16 / 26.11.2024