SpaceX orbitaga bundesverning ikkita razvedka sun’iy yo‘ldoshini yubordi
Janubiy Kaliforniyadan orbitaga uchirilgan SARah 2 va SARah 3 bundesverning radiolokatsion razvedka kuchlarini to‘ldiradi.
Germaniya qurolli kuchlari (bundesver) koinotdagi ishtirokini kengaytirmoqda. 24 dekabr, yakshanba kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasi tomonidan yana ikkita radiolokatsion razvedka sun’iy yo‘ldoshi – SARah 2 va SARah 3 koinotga uchirildi.
Falcon 9 raketa tashuvchisi mahalliy vaqt bilan soat 05:11 da (Toshkent vaqti bilan 18:11) Kaliforniya janubidagi Vandenberg harbiy-havo bazasidan havoga ko‘tarildi. Bir muncha vaqt o‘tgach, SpaceX qurilmalar joylashuvini tasdiqladi.
Bundesverning boshqa sun’iy yo‘ldoshlari
GFR Qurolli kuchlarida Germaniyaning Yevropa va Yaqin Sharqdagi qiziqishlari bo‘lgan hududlarni qamrab olish uchun geostatsionar orbitada ikkita sun’iy yo‘ldoshi, shuningdek, Yer past orbitasida oltita sun’iy yo‘ldoshi bor, deb avvalroq Tagesspiegel nashriga bundesver kosmik qo‘mondonligi qo‘mondoni general-mayor Mixael Traut ma’lum qilgan edi.
SARah razvedka guruhining birinchi sun’iy yo‘ldoshi orbitaga 2022 yil iyun oyida chiqarilgan. Uning qurilmalari 2006-2008 yillarda orbitaga chiqarilgan hamda ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish imkoniyatlari eskirib qolgan SAR-Lupe tizimining beshta sun’iy yo‘ldoshini almashtiradi.
Mavzuga oid
00:41 / 29.09.2024
SpaceX va NASA Xalqaro kosmik stansiyaga to‘qqizinchi Crew Dragon’ni uchirdi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
21:36 / 10.09.2024