Indoneziya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganyapti
O‘zbekiston diplomatlari Indoneziyaning BINUS universiteti xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha rektor o‘rinbosari Tirta Nugraha Mursitama bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, Indoneziya tomoniga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Jumladan, mamlakatda oliy ta’lim muassasalari soni 70 tadan 191 taga yetkazilgani, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshgani ta’kidlandi.
BINUS universiteti vakillari, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasasining Indoneziyadagi va xalqaro maydondagi uzoq yillik tajribasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Indoneziya tomoni, shuningdek, BINUS universitetida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma forum o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Tirta Nugraha Mursitama mazkur oliygohning mamlakatda biznesni boshqarish yo‘nalishida magistratura dasturlarini amalga oshirish, mazkur universitet filialini ochish imkoniyatlarini o‘rganish uchun BINUS rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish rejalarini ma’lum qildi. U hamkorlikning birinchi qadami sifatida o‘zbekistonlik bir nafar talabaga ta’lim granti ajratilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Indoneziya tomonidan bildirilgan takliflarni O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muhokama qilish to‘g‘risida kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024
Rossiyada migrantlar bolalariga maktablar pulli qilinishi mumkin
21:16 / 04.09.2024