Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya berish muddati qisqartirildi
Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.
Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.
Ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.
Mavzuga oid
 
                        08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
 
                        13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi
 
                        12:35 / 20.03.2025
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi
 
                        14:43 / 01.03.2025
 
               
             
              