Toshkent metrosida tobi qochgan yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi
Chilonzor bekatida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yo‘lovchi xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan.

Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 27 dekabr sanasida Chilonzor metro bekati platformasidagi yo‘lovchilardan birining tobi qochib, poyezd yo‘liga yiqilib tushgan.
“Toshkent metropoliteni” xabariga ko‘ra, bekatda faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yo‘lovchi hech qanday tan jarohatlarsiz xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

10:00 / 11.04.2025
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025