Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Ko‘cha san’ati va musiqasi» loyihasi amalga oshiriladi
Bunda, tegishli ko‘chalarda cholg‘u asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi. Har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHM kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.
“Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.
2024 yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi o‘tkaziladi.
2024 yil 1 apreldan:
“Madaniyat to‘lqinlari” media-loyihasi amalga oshiriladi. Media loyiha doirasida tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
“Xon qabuli” teatrlashtirilgan tarixiy tantanali rasmiy qabul marosimi namuna sifatida Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasida tashkil etiladi;
aholi orasida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda mashhur mahalliy va xorijiy shaxslar ishtirokida “Yulduz bilan sayohat” loyihasi amalga oshiriladi;
tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi.
Bunda:
tegishli ko‘chalarda cholg‘u asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etiladi;
har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.
Milliy madaniyatni xorijda faol targ‘ib etuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbek madaniyati elchisi” maqomini berish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
13:54 / 01.05.2025