Jahon | 12:33 / 28.12.2023
6803
3 daqiqa o‘qiladi

Politico: AQSh Ukraina bilan chuqurroq mudofaaga o‘tishni muhokama qilyapti

AQSh prezidentining yangi siyosati Kiyev pozitsiyasini mustahkamlash va Moskva bilan muzokaralar ehtimoli bo‘yicha «kuchli qo‘l» pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan.

Foto: Mstyslav Chernov/AP Photo/picture alliance

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yordam strategiyasini bosqichma-bosqich o‘zgartirmoqda va Kiyev bilan Ukraina qurolli kuchlarini mamlakat sharqida chuqurroq mudofaaga o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda 27 dekabr, chorshanba kuni bir qancha amerikalik va yevropalik rasmiylarga tayanib, Politico nashri xabar berdi. Ularning fikricha, AQSh prezidenti yangi siyosati Kiyev pozitsiyasini mustahkamlash va Moskva bilan muzokaralar ehtimoli bo‘yicha «kuchli qo‘l» pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan.

Chuqurroq mudofaa pozitsiyalarini egallash 

Politico ta’kidlashicha, Oq uy ritorikasida hech qanday rasmiy o‘zgarishlar bo‘lmagan, ammo Qo‘shma Shtatlar hozir ukrainaliklar bilan chuqurroq mudofaa pozitsiyalarini egallash variantini muhokama qilmoqda. Bunga havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash va front chizig‘i bo‘ylab to‘siqlar qurish, shuningdek, Ukrainaning Belarus bilan shimoliy chegarasi bo‘ylab tankka qarshi to‘siqlar o‘rnatish va zovurlar qazish kiradi. Bu mudofaaga o‘tish Kiyevning bo‘lajak muzokaralarda mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan. «Biz bu sodir bo‘lganda Ukraina eng kuchli holatda bo‘lishini istaymiz», dedi Bayden ma’muriyatining ismi sir qolishini so‘ragan rasmiysi. 

Vashingtonda ishlaydigan yevropalik diplomat Politico nashriga bergan intervyusida ukrainaliklarni Rossiya bilan muzokaralar olib borish uchun eng yaxshi holatga keltirish yo‘lidagi yana bir qadam Ukrainaning NATOga qabul qilinishini tezlashtirish bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

Oq uy o‘z pozitsiyasidan oshkora chekina olmaydi

Biroq, hozircha, Oq uy vakili so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar hali rejalashtirilmagan va Ukraina qo‘shinlari o‘z hujumlarini davom ettirmoqda, Bayden ma’muriyati ularni «bundan qaytarmayapti». Tinchlik muzokaralari bo‘yicha munozaralar boshlanmoqda, biroq Oq uy Bayden uchun siyosiy xavf tufayli o‘z pozitsiyasidan oshkora chekinishi mumkin emas, dedi nashrga Kongress vakili.

Politico suhbatdoshlarining tushuntirishicha, strategiya o‘zgarishi AQShda bo‘lajak prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq. Aniq g‘alabasiz cho‘zilgan mojaro Jo Bayden qayta saylanish kampaniyasini murakkablashtirishi va Donald Trampning foydasiga o‘ynashi mumkin. 

Mavzuga oid