O‘zbekiston | 11:05 / 29.12.2023
10621
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi

2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalarga tabaqalashtirilgan yillik yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Foto: Kun.uz

2024 yil 1 apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHM 5-10  baravari) miqdorda «yo‘l yig‘imi» joriy etiladi. Bu 2024 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda belgilangan.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur yig‘im joriy etilishi natijasida 63 mlrd so‘m mablag‘lar umumfoydalanishdagi yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi.

Respublikada yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq 30 080  ta transport vositalari va tirkamalar mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid