Magnus Karlsen Samarqandda blits bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni rossiyalik shaxmatchilar egalladi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar sovrindorlar safiga kira olmadi.

Foto: fide.com
Samarqand shahrida shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Turnirda 16 ochko jamg‘arib, norvegiyalik Magnus Karlsen chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu grossmeysterning blits bo‘yicha yettinchi unvoni bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni rossiyalik Daniil Dubov (15,5 ochko) va Vladislav Artemiyev (15 ochko) egalladi.
O‘zbekistonlik shaxmatchilar turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi: Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboyev 12,5 ochko, Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘plab, sovrindorlar safiga kira olishmadi.
Avvalroq, Magnus Karlsen rapid yo‘nalishi bo‘yicha ham chempion bo‘lgan edi.
Ayollar o‘rtasidagi blits turnirida rossiyalik Valentina Gunina chempion bo‘ldi. Shveytsariyalik Aleksandra Kostenyuk ikkinchi, xitoylik Ju Jiner uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonlik Umida Omonova va Afro‘za Hamdamova sovrindorlar safiga kira olishmadi.
Mavzuga oid

14:48
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?

16:19 / 04.04.2025