Jahon | 17:29 / 30.12.2023
20471
9 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari va front chizig‘iga kelgan Zelenskiy. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 674-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Jami 40 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 160 dan ortiq kishi yaralangan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiya 110 ga yaqin raketa uchirgan.
  • Polsha havo kengliklariga Ukraina tomondan «noma’lum obekt» kirib kelgan. Mamlakat bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, bu rossiyaliklar raketasi bo‘lgan.
  • Sevastopoldagi mahalliy nashrlar Feodosiya portidagi «Novocherkassk» yirik desant kemasiga raketa zarbasi oqibatida 74 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Avdiyivkadagi oldingi pozitsiyasiga keldi.
  • «Mediazona» va BBC rus xizmati Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 40 599 nafar rossiyalik harbiyning shaxsini tasdiqladi.

Kunning asosiy voqeasi. Ukrain shaharlari bo‘ylab zarbalar

29 dekabrga o‘tar kechasi RF qurolli kuchlari ukrain shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, jami 110 ga yaqin qanotli va zenit raketalar, shuningdek Shahed zarbdor dronlari uchirilgan. Ukraina QK havo kuchlari rasmiysi Yuriy Ignat «monitorda bu qadar ko‘p nishon bo‘lishi avval hech qachon kuzatilmagani»ni tan olgan. Zarbalar Kiyev, Odessa, Xarkiv, Zaporijjya, Lviv va boshqa shaharlar bo‘ylab berilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni kamida 38 kishini tashkil etmoqda, yana 160 dan ortiq kishi jarohatlangan. Xarobalar ostida yana odamlar qolgan bo‘lishi va qurbonlar soni yanada oshishi mumkin.

Kiyev

Ukraina poytaxtining 29 dekabr tongidagi panorama tasviri. Osmonni Rossiya raketalari va dronlari zarbalari oqibatida portlash va yong‘inlardan ko‘tarilgan tutun qoplab olgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda 16 kishi halok bo‘lgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik o‘t o‘chiruvchilar omborxonada rossiyaliklar raketasi zarbasidan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev aholisi havo trevogasi vaqtida metropoliten bekatlaridan birida yashirinmoqda
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Nedostroyennoye ofisnoye zdaniye ryadom so stansiyey «Lukyanovskaya» metro bekati yaqinidagi qurib bitkazilmagan biznes markazi binosi Rossiya raketasi zarbasidan qisman vayron bo‘lgan
Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Toretsk

Toretskda tibbiyot xodimlari mahalliy aholi vakili Verani shoshilinch operatsiyaga tayyorlamoqda. Ayol RF qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi front yaqinidagi shaharga yo‘llagan zarbasi vaqtida og‘ir tan jarohatlari olgan
Pierre Crom / Getty Images

Zaporijjya

Zaporijjyada favqulodda va kommunal xizmatlar xodimlari raketalardan biri kelib urilgan xususiy sektor hududini tozalamoqda
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Zaporijjyada politsiya va favqulodda xizmatlar xodimlari raketa zarbasi qurboni bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan birining jasadi yonida. Shaharda jami to‘qqiz kishi halok bo‘lgan
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjyada raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uylardan birini tozalash jarayoni
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi vakillari Zaporijjya bo‘ylab raketa zarbasi qurbonlarining shaxsini aniqlashda yordam bermoqda
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv 

Xarkivlik qutqaruvchilar raketa zarbasiga uchragan zavod hududida RF QKning navbatdagi artilleriya hujumi vaqtida yashirinmoqda
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA

Odessa 

Odessada raketa zarbasiga uchragan ko‘p qavatli uy. Ukrain nashrlari Janub mudofaa kuchlariga asoslanib xabar berishicha, raketa «ko‘p qavatli bino urilib, ichkarida portlagan va bir necha qavat yong‘in ichida qolgan». Natijada ikki kishi halok bo‘lgan.
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA

Dnipro 

Dniproda raketa zarbasi qurboniga aylangan mahalliy aholi vakili jasadi. Shaharda savdo markazi va tug‘uruqxona ham hujumga uchragan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy aholi vakillaridan olti kishi halok bo‘lib, 30 ga yaqin kishi yaralangan.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Dniprolik qutqaruvchilar raketa zarbalari vaqtida qisman vayron bo‘lgan ishlab chiqarish binolaridan birida ishlamoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press

Lviv 

Lvivdagi maktablardan biridagi sinfxonada Rossiya raketa zarbasidan keyingi portlash to‘lqini derazalarni sindirib yuborgan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, shaharda jami uchta maktab, bitta bolalar bog‘chasi va ko‘plab boshqa binolar zarbaga uchragan.
Pavlo Palamarchuk / Anadolu / ddp / Vida Press
Lvivda RF QK raketa zarbasidan shikastlangan maktablardan biridagi ikona
Anastasiia Smoliyenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Avdiyivkaga kelgan Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 29 dekabr kuni Donetsk oblastidagi Avdiyivka shahriga kelib, shaharni Rossiya armiyasi yurishidan himoya qilayotgan 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilarini taqdirladi. RF QK tomonidan oktyabr oyidan buyon shturm qilinayotgan Avdiyivka ayni vaqtda frontning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib turibdi. Shaharda bo‘lgan «Ukrainskaya pravda» jurnalistlari bu yerdagi uylarning aksar qismi bombardimon qilingani, shaharda qolgan aholi sovuq yerto‘lalarda kun kechirayotgani haqida xabar qilgan.

Volodimir Zelenskiy shaharga kiraverishdagi «Avdiivka tse Ukraina» («Avdiyivka — Ukrainadir») belgisi oldida turib videomurojaat qilmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy Avdiyivkadagi nazorat-o‘tkazish punktida, bu joy Ukraina QK 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari tomonidan istehkomga aylantirilgan. Prezidentga devon rahbari Andrey Yermak hamrohlik qilgan.
Press-slujba prezidenta Ukrainy / AFP / Scanpix / LETA

Xerson oblastida ukrainlar bombardimonchisi 

Ukrainaning Su-25 rusumli bombardimonchi samolyoti Xerson oblastidagi oldingi chiziqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi pensioner hayoti

Chasiv Yar — frontdagi shaharlardan biri bo‘lib, Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan; Ukraina qurolli kuchlarining ushbu yo‘nalishdagi asosiy ta’minot yo‘li shu yerdan o‘tadi. Baxmut uchun jang boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shini Chasiv Yar bo‘ylab ham zarbalar berib keladi.

84 yoshli Anatoliy — Chasiv Yarda qolishga qaror qilgan 900 chog‘li kishilardan biri. Quyida u qanday sharoitlarda yashayotgani aks etgan suratlar.

Chasiv Yarda vayron bo‘lgan bino
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Chasiv Yarda yashovchi Anatoliy
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Anatoliy o‘z kvartirasida
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA
Chasiv Yardagi ukrain jangchilari
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Scanpix / LETA

Ukrain askarining dafn marosimi 

Halok bo‘lgan ukrainalik harbiy Vasiliy Medviychukning yaqinlari uning Ivano-Frankovsk oblasti Krasnik qishlog‘idagi dafn marosimi vaqtida. Medviychuk 23 dekabrda Zaporijjya oblastidagi frontda halok bo‘ldi, u 38 yoshda bo‘lgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid