Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgorod o‘qqa tutilishiga javoban Rossiya Xarkivga zarbalar yo‘lladi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 674-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod shahri markazi o‘qqa tutilishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qildi Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov. 109 kishi yaralangan, shundan 25 nafari og‘ir ahvolda, ular federal klinikalarga olib ketiladi.
- Rossiya mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina qurolli kuchlari Belgorod tomon uchirgan ikkita raketa, shuningdek snaryadlarning katta qismini urib tushirgani, ammo ayrimlari shahar hududiga tushganini ma’lum qilgan.
- Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalar ma’lum qilishicha, Ukraina QK Belgorod oblastidagi harbiy obektlarga hujum uyushtirgan, aholi yashovchi kvartallar esa go‘yoki rossiyaliklarning havo hujumidan mudofaa kuchlarining xatolari tufayli zarbaga uchragan. Rossiya ham bir kun oldin Ukrainaga yopirilma zarbalari oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lganini taxminan shunday izohlagandi.
- Rossiya TIV Belgorod o‘qqa tutilgach BMT Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.
- Shu kuni kechqurun Xarkiv ham zarbaga uchradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida 28 kishi jarohatlangan.
- Kiyevda 29 dekabr kungi raketa zarbalari qurbonlari soni 19 kishiga yetdi. Rasmiylar 1 yanvarni motam kuni deb e’lon qildi.
- Rossiya mudofaa vazirligi 30 dekabr tongida tunda Bryansk, Orlovsk, Kursk va Moskva oblastlari hududlarida 32 ta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Kunning asosiy voqeasi. Ukrainlarning Belgorod bo‘ylab zarbasi
Ukraina qo‘shini 30 dekabr kuni kunduzi Belgorodni o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlarining shahar bo‘ylab bu zarbasi keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon eng kuchli hujumi bo‘ldi. Rossiya TIV hujum ortida «AQSh bilan kelishgan holda Kiyev rejimini terrorchilik harakatlariga undayotgan» Buyuk Britaniya turganini ma’lum qilgan.
Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, 109 kishi yaralangan. Yaradorlarning 25 nafari og‘ir ahvolda federal klinikalarga yuborish uchun tayyorlanmoqda. Gubernatorning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 30 ta ko‘p kvartirali uylar, 381 kvartira, bir qancha xususiy uylar hamda ko‘plab avtomobillar shikastlangan.
Taisiya Liskovets / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Taisiya Liskovets / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Taisiya Liskovets / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Emil Leegunov / Anadolu / ddp / Vida Press
Rossiyaning Xarkiv bo‘ylab zarbasi
30 dekabr kuni kechqurun Rossiya armiyasi Xarkiv bo‘ylab zarbalar seriyasini yo‘lladi — bu katta ehtimol bilan Ukraina qurolli kuchlarining Belgorodga zarbasiga javob bo‘ldi. Shahar meri Igor Terexovning xabariga ko‘ra, kamida oltita zarba yo‘llangan, ulardan biri shahar markaziga kelgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida 28 kishi jarohatlangan, deb xabar bergan oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Qurbonlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning aytishicha, Xarkiv o‘qqa tutilishi vaqtida jarohat olganlar orasida — britaniyalik jurnalist ham bor.
Hujum oqibatida shahardagi markaziy mehmonxona, ko‘p kvartirali uy, bolalar bog‘chasi, do‘konlar va ma’muriy binolar shikastlangan, deyiladi oblast prokuraturasi xabarida.
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya raketasi qoldiqlarini qidirayotgan polshalik harbiylar
29 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina so‘nggi oylardagi eng keng ko‘lamli zarbalarga yo‘liqdi. Shundan keyin Polsha armiyasi mamlakat havo kengliklariga Ukraina tomondan «noma’lum havo obekti» kirib kelgani haqida ma’lum qildi, Polsha prezidenti Anjyey Duda Milliy xavfsizlik byurosining shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi. Keyinroq Polsha qo‘shinlari bosh shtabi rahbari general Veslav Kukula Ukraina o‘qqa tutilishi vaqtida mamlakat havo kengligi katta ehtimol bilan Rossiya raketasi tomonidan buzib kirilganini aytdi.
Polsat nashri norasmiy manbaga tayanib yozishicha, Polsha havo kengligiga katta ehtimol bilan X-22 yoki X-101 qanotli raketasi kirgan. Polsha armiyasining operativ qo‘mondoni general Matsey Klishchning aniqlik kiritishicha, raketa havo kengligini mahalliy vaqt bilan soat yetti atrofida buzib kirgan va uch daqiqa o‘tib yana Ukraina hududiga o‘tgan. U yerda esa havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
Wojtek Jargilo / EPA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025