Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Istanbulda o‘n minglab kishilar Falastinni qo‘llab marshga chiqdi
Istanbuldagi Galata ko‘prigida yig‘ilgan o‘n minglab kishilar «Shahidlarimizga shafqat, Falastinga dastak, Isroilga la’nat» shiori ostida marsh o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda A Haber.
Norozilik marshi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘an ham maslahat kengashiga a’zo bo‘lgan Turkiya yoshlar fondi (TÜGVA) boshchiligidagi 308 ta nodavlat tashkilot tomonidan tashkillashtirilgan. «Biz Turkiyadan yilning ilk xabarini butun dunyoga yetkazish va G‘azo sektoridagi qirg‘inni «to‘xtat» deyish uchun «asr marshi va yig‘ilishi»ni uyushtirdik», — deyiladi Turkiyadagi nodavlat tashkilotlarni o‘z ichiga oluvchi «Milliy iroda platformasi» bayonotida.
Bomdod namozidan keyin namoyishchilar ko‘prikdan tashqari Istanbuldagi yirik masjidlar — Yangi masjid (Galata ko‘prigi ro‘parasida), Sulton Ahmad va Sulaymoniya, shuningdek Ayo Sofiya masjidlari oldidagi maydonlarda ham to‘plangan. Ayrim ishtirokchilar Turkiya va Falastin bayroqlarini ko‘tarib chiqishgan hamda «Qotil Isroil, Falastindan ket» va «Istanbul, uxlama, birodaringni himoya qil» deya hayqirishgan.
Galata ko‘prigidagi marshda Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak, sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘ja, TÜGVA prezidenti Ibrohim Qirmizi, bir qancha deputatlar va ma’muriyat rahbari, siyosiy partiyalar vakillari hamda Bilol Erdo‘g‘an ham qatnashgan. Kichik Erdo‘g‘an miting qatnashchilari qarshisida chiqish qilib, 2023 yilning 7 oktyabrida «Isroil natsizmi tarixdagi eng qonli qirg‘inlardan birini boshlagani»ni aytgan va Isroilni «falastinliklar genotsidi»da ayblagan. U Turkiya G‘azo sektoridagi voqealarga bir chetda tomoshabin bo‘lib tura olmasligini ta’kidlagan.
Turkiya prezidenti Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida urush boshlanganidan buyon bir necha bor Tel-Avivni qoralab chiqdi. 2023 yil noyabr oyi oxirida Erdo‘g‘an Isroil G‘azo sektorida yashovchi 2,3 million kishiga nisbatan «genotsid amalga oshirgani»ni aytib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni «qassob» deb atagandi.
Isroil 2023 yil oktyabr oyi oxirida Turkiyadagi elchisini chaqirib olgandi. Isroil TIV rahbari Eli Koen dekabr oyi oxirida Erdo‘g‘an HAMASga birdamlik qilayotganini aytgandi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu turklar prezidentini kurdlar genotsidi va jurnalistlarga qarshi qatag‘onlarda ayblagan.




















Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025