Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida ishbilarmonlar kengashi tuziladi
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha Milliy savdo palatasi prezidenti, Yevropa Savdo palatalari uyushmasi vitse-prezidenti Marek Klochko bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan 2024 yil aprel oyida Toshkentda o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi doirasida tashkil etiladigan biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Marek Klochkoning aytishicha, Polsha tomoni o‘zbek ishbilarmon doiralari vakillari bilan elektron tijorat, IT, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Tomonlar O‘zbekiston-Polsha ishbilarmonlar kengashini tuzish bo‘yicha shartnomani komissiyaning 8-yig‘ilishi davomida imzolashga kelishib oldi. Hozirgi kunda Polshaning 8 ta davlat bilan shunga o‘xshash tuzilmalari mavjud. Agar ushbu kengash tuzilsa, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasidan birinchisi bo‘ladi.
Bundan tashqari, Polsha tomoni Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalarning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari uchun O‘zbekiston viloyatlariga tanishuv tashriflarini tashkil etishda o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025