Ukrainaga berilgan Leopard tanklari foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qoldi
Germaniya tomonidan Kiyevga yetkazib berilgan Leopard-2 tanklariga janglarda zarar yetgan va ancha eskirgan. Ularni foydalanishga qaytarish uchun ehtiyot qismlari ham yetarli emas.
Germaniya Ukrainaga yetkazib bergan 18 ta Leopard-2A6 tankidan faqat kichik bir qismi jangovar tayyor holatda, shuning uchun «Yashillar» nemis partiyasining mudofaa budjeti bo‘yicha eksperti Sebastian Shefer ularni ta’mirlash uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi. «Afsuski, tan olishimiz kerakki, Ukrainaga yetkazib berilgan tanklarning juda kichik qismigina jangovar foydalanish uchun yaroqli bo‘lib qolmoqda. Ta’mirlash juda uzoq davom etadi, chunki Litvada ta’mirlash zavodida butlovchi qismlar yetarli emas», - deya undan iqtibos keltirgan dpa agentligi 2 yanvar, seshanba kuni Sheferning 2023 yil oxirida Rheinmetall va KMW mudofaa konsernlariga yuborgan xatidan.
Shefer Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan birgalikda rojdestvo oldidan Litvada joylashgan zavodga tashrif buyurdi. «Ehtiyot qismlar bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur», deb ta’kidladi «Yashillar» partiyasi eksperti o‘z xatida.
Tanklarni ta’mirlash bilan bog‘liq muammolar
Shu bilan birga, u Ukraina armiyasining «Leopardlar»ni mustaqil ravishda ta’mirlashga urinishi ularga yanada ko‘proq zarar yetkazilishiga olib kelganini ta’kidladi. Sebastiyan Shefer Ukrainaning o‘zida mexaniklarni tayyorlashni yaxshilash, ko‘rsatmalar berish yoki tanklarni ta’mirlash orqali bunday buzilishlarning oldini olish mumkinligini o‘rganishni taklif qildi.
Mart oyida Germaniya hukumati uzoq ikkilanishdan so‘ng Bundesver arsenalidan 18 ta Leopard-2 tankini Ukrainaga topshirdi. Ushbu texnika Kiyevga Rossiya hujumini qaytarish uchun yordam dasturi doirasida taqdim etilgan. Ukrainaga yetkazilgan deyarli barcha «Leopardlar»ga janglarda zarar yetgan hamda shiddatli otishma tufayli eskirgan.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024