O‘zbekiston | 16:05 / 03.01.2024
21036
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi

Qoidabuzar qo‘lga olingan.

Andijon viloyati Xonobod shahrida «Spark» mashinasi ko‘chada xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimini urib yuborgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsitdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 28 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Tez harakatlanib borgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib bir vaqtning o‘zida to‘xtab turgan mashina va uning yonida bo‘lgan YPX xodimi hamda haydovchini urib yuborgan.

Oqibatda YPX xodimi va uning yonida bo‘lgan boshqa haydovchi tan jarohatlari olishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid