O‘zbekiston | 11:03 / 03.01.2024
3066
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar va nikohlanuvchi shaxslar orasida skrining turlari 36 taga yetkaziladi

O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish rejalashtirilmoqda. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, onalar o‘limi 13,9 dan 7 promillegacha, go‘daklar o‘limi 8,7 dan 4,3 promillegacha kamaytiriladi.

Olti oygacha bolalar orasida mutlaq ko‘krak suti bilan boqiladigan bolalar ulushi 80 foizga, ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan aralash boqiladigan bolalar ulushi 70 foizga yetkaziladi.

Milliy emlash kalendari asosida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni profilaktik vaksinatsiya qilish orqali boshqariluvchi yuqumli kasalliklar oldi olinadi.

Bolalar va nikohlanuvchi shaxslar orasida ommaviy va selektiv skrining turlari 36 taga yetkaziladi.

Pediatriyaning barcha yo‘nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shu jumladan, bolalar xirurgiyasidagi - neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalar rivojlantiriladi.

Bolalarning to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash va tegishli shart-sharoitlar yaratish orqali ular orasida bo‘yi o‘sishining kechikishi, vazn yetishmasligi, ortiqcha vaznlilar ulushi o‘rtacha 2 barobarga qadar kamaytiriladi.

O‘smirlar salomatligini mustahkamlash, ular orasida surunkali kasalliklar, jarohatlanish va suitsid holatlarining oldini olish ham ko‘zda tutilgan.   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid