O‘zbekiston | 10:38 / 04.01.2024
1308
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davolash-profilaktika muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, qog‘ozbozlik, asossiz byurokratiya va navbatlarga chek qo‘yish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish rejalashtirilmoqda.

Foto: Getty images

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, yagona elektron tibbiyot tarmog‘ini tashkil etish nazarda tutilyapti.

Tibbiyot muassasalarini axborot-texnika vositalari bilan ta’minlash orqali ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Tibbiyot xodimlarining raqamli texnologiyalar bilan ta’minlanganlik darajasi 100 foizga yetkaziladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari 565 ta davolash-profilaktika muassasalarida joriy etiladi.

475 ming nafar xodimlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha malakasi oshiriladi.

KfW bankining «Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi doirasida raqamli sog‘liqni saqlash yagona platformasi yaratiladi.

Tibbiyot sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqamlashtiriladi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo‘yicha axborot xavfsizligi siyosati talablariga qat’iy amal qilgan holda ish yuritilishi ta’minlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid