Samarqandda ikkita yuk mashinasi to‘qnashib, yonib ketdi
Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.
3 yanvar kuni soat 23:30 da Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga M-37 trassasida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qilishicha, hodisa taxminan yo‘lning Samarqand viloyatidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan Mercedes-Benz yuk mashinasi Turkiyadan Qozog‘istonga 21 tonna limon olib ketayotgan bo‘lgan. Shu payt haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtagan. So‘ngra boshqa bir Mercedes-Benz Astros yuk mashinasi uning orqasiga kirib ketgan.
Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, yuk ortilgan mashina butunlay yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Samarqand tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan YTH sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024