Budjet tashkilotlarida maoshlar kechikayotganiga izoh berildi
Maoshlar to‘lanishidagi kechikish UzASBO-2 tizimiga o‘tishda yuzaga kelgan texnik nosozliklar bilan bog‘liq. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) to‘lab berish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari dekabr oyi uchun maoshlari to‘lanishi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohiga ko‘ra, bu – budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha UzASBO-2 tizimiga o‘tish jarayonida yuzaga kelgan texnik muammolar bilan bog‘liq.
“Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi hamda UzASBO-2 tizimi orqali budjet tashkilotlarining dekabr oyi ikkinchi yarmi uchun 35 foiz budjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlandi.
Ish haqini to‘lash jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda ishlashi uchun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va ish haqini belgilangan muddatlarda (5 ish kunida) moliyalashtirib berish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi vazirlik Telegram-kanaliga 5 yanvar soat 18:09da joylangan xabarda.
Ma’lumot uchun, UzASBO tizimidagi texnik nosozliklar sabab budjet tashkilotlari xodimlariga to‘lovlarning kechikishi bundan avval ham kuzatilgan.
Mavzuga oid
12:41
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi
16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda
13:30 / 23.10.2024