Jahon | 11:14 / 05.01.2024
6315
2 daqiqa o‘qiladi

IShID Erondagi teraktga aloqadorligini e’lon qildi

Eronning Kirmon shahrida ikki portlash bilan sodir bo‘lgan mudhish terakt oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Foto: Picture Alliance

3 yanvar kuni Eronning Kirmon shahrida sodir bo‘lgan ikki portlash 84 kishi halok bo‘lishi va ikki yuzdan ortiq odam jarohat olishiga olib keldi, terakt IShID guruhi tomonidan amalga oshirilgan. U 4 yanvar, payshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida ushbu teraktga aloqadorligini ma’lum qildi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, hududida Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) sobiq qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan Kirmondagi masjidda motam marosimi chog‘ida qurilmalar IShIDning ikki jangarisi tomonidan portlatilgan. Sulaymoniy 2020 yilda AQSh zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. Kirmondagi portlashlar Eronda Islom Respublikasining 45 yilidagi eng qonli hujum bo‘ldi.

2022 yil oktyabr oyida Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherax maqbarasida otishma sodir bo‘lib, 15 kishi halok bo‘lgan edi. IShID jangarilari hujumga aloqadorligini ma’lum qilgan. 2023 yil iyul oyida Eronda hujumni uyushtirganlikda ayblanib o‘limga hukm qilingan ikki kishi qatl etilgan edi.

Eron bilan qo‘shni Afg‘onistonda IShID bo‘limi mavjud. Afg‘onistondagi IShID jangarilari bu mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgan "Tolibon" harakati bilan ham kelishmovchilikda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid