Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Eron hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Fariddin Nasriyev Eron Tashqi ishlar vazirligi Protokol bosh departamenti direktori Moxsen Mortazoiy Far bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarning holati, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi turli darajadagi o‘zaro tashriflar faollashayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar kun tartibida turgan muhim masalalar va o‘tkazilishi mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025