O‘zbekiston | 12:22 / 05.01.2024
10473
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli mashina bozori Tashkent Index’ga ko‘chirilmaydi

Sergeli mashina bozori ma’muriyatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bozor buzilishi va boshqa joyga ko‘chirilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu masala bo‘yicha yozma yoki og‘zaki topshiriq yo‘q.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimiyati Qo‘yliq bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlangani sababli tadbirkorlar o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishi haqida ma’lum qilgandi. Ushbu holat fonida ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi mashina bozorida ham rekonstruksiya ishlari boshlangani, bozor to‘laligicha Tashkent Index'ga ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Sergeli mashina bozorining buzilishi va boshqa joyga ko‘chirilishi to‘g‘risida gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu masala bo‘yicha yozma yoki og‘zaki topshiriq yo‘q. Bozor odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettiryapti”, deydi bozor direktori o‘rinbosari  Rufat Mavlonov.

Mavzuga oid