O‘zbekiston | 09:55 / 05.01.2024
5952
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash shirkati tashkil etildi

Kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov “Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Quyidagilar davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • prezident va Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimining tegishli hujjatlari asosida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  • ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
  • birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
  • obektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash;
  • loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish.

Shuningdek, kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.

Budjet tizimi budjetlari hisobidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli ro‘yxatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.

Mavzuga oid