Ukraina Qrimdagi aerodromga yangi hujum uyushtirilganini ma’lum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi avvalroq Qrim hududi uzra raketalar urib tushirilganini ma’lum qilgandi. Ukraina qurolli kuchlari muvaffaqiyatli hujum haqida xabar bermoqda.
6 yanvar, shanba kuni UQK Harbiy kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk o‘zining Telegram-kanalida ukrainalik harbiylarning Qrimdagi Saki aerodromiga muvaffaqiyatli hujumi haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, 6 yanvarga o‘tar kechasi hujum chog‘ida uchuvchilar rossiyalik harbiylar foydalanayotgan boshqaruv markaziga raketalar bilan zarba bergan.
Oleshchuk postga fotosuratni ham qo‘shib qo‘ygan.
Aerodromga qilingan hujum haqida «Krymskiy veter» Telegram-kanali ham yozmoqda. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Saki aerodromida Rossiya QKning 43-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan bo‘lib, Su-24 va Su-30 samolyotlari ham joylashtirilgan. Kanal obunachilari qayd etishicha, raketalardan birining bo‘laklari aerodrom yaqinidagi Mixaylovka qishlog‘ida xususiy uyga tushgan. Biroq hujumning boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi qaytarilgan hujum haqida ma’lum qildi
6 yanvarga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa tizimlari Qrim hududi uzra to‘rtta raketani urib tushirdi, deb avvalroq xabar bergan edi Rossiya Mudofaa vazirligi. Bundan tashqari, hujumdan bir necha soat oldin Qora dengizda beshta samolyot tipidagi dron urib tushirilgan, deb da’vo qilmoqda Rossiya idorasi. Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, ikkala hujum ham «bartaraf etildi».
Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligining ikki hujum «to‘xtatilgani» haqidagi bayonotlari bir-biridan farq qiladi. Dronlar haqidagi xabarda idora «Ukrainaning barcha uchuvchisiz uchoqlari» urib tushirilganini yozdi, ammo raketalar bo‘yicha, Mudofaa vazirligi ma’lum miqdordagi nishonlar - «to‘rtta Ukraina raketasi» urib tushirilganini ta’kidladi.
«Barcha» so‘zi o‘rniga raqam qo‘llangan so‘z Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan 4 yanvar kuni Qrimdagi harbiy nishonlarni o‘qqa tutish vaqtida ishlatgan xabarni takrorlaydi. O‘shanda ham Rossiya idorasi hujumni «bartaraf etilganini» bildirgan bo‘lsa-da, ukrainalik manbalar uni muvaffaqiyatli deb ta’riflagan.
Shu tariqa, «Yug» Ukraina ko‘ngillilar armiyasi spikeri Sergey Bratchuk Sevastopol yaqinidagi qo‘mondonlik punktiga zarba berish paytida bir necha yuqori martabali rus zobitlari yoki generallari yo‘q qilingan bo‘lishi mumkinligini aytdi, «Natsionalnoye soprotivleniye» markazi esa Ukraina Qurolli kuchlari, shuningdek, radiolokatsion tizim va boshqaruv markazini ham yo‘q qilganini bildirdi.
Kremlparast «Kremlevskaya tabakerka» Telegram-kanali Rossiya Bosh shtabidagi manbalarga tayanib, 4 yanvar kuni Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan otilgan o‘nta raketadan uchtasi nishonga yetganini, «ikkita obektda 23 nafar harbiy xizmatchi, jumladan besh nafar yuqori martabali zobit halok bo‘lganini» yozdi.
Saki aerodromi avval ham Ukraina tomonidan hujumga uchragan - 2022 yil avgust oyida u yerda kamida to‘qqizta rus samolyoti yo‘q qilingan, dedi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari vakili. Bu - hujum Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri yarimoroldagi Rossiya pozitsiyalariga qilingan birinchi jiddiy hujumlardan biri bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:18
Reuters: Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
09:31
The Economist Ukrainaning yo‘qotishlarini 60-100 ming kishiga baholadi
09:14
Volin qirg‘ini: Ukraina va Polsha eksgumatsiya haqida kelishib oldi
00:28