O‘zbekiston | 08:38 / 07.01.2024
17857
1 daqiqa o‘qiladi
Bolalar ombudsmani duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan 2023 yilning dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida olingan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Tekshiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.