Toshkentda bobo o‘z nabirasini qattiq urdi
4 yoshli bola bobosi bilan sayrga chiqib uzoqqa ketib qolgan. Shunda jahli chiqqan erkak nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak yosh bolaning yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, holat 2024 yil 30 iyun kuni Toshkent shahrida yuz bergan. Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi nafaqaxo‘r M.A. 4 yoshli (2020 yilda tug‘ilgan) nabirasi A.A. bilan ko‘chaga sayrga chiqqan.
Shu vaqtda bola yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.
So‘ng uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Avvalroq, Termizda ota o‘z farzandini ayovsiz urib, shafqatsiz munosabatda bo‘lgandi. Samarqand viloyati Toyloq tumanida ota 6 yoshli o‘gay o‘g‘lini kamar bilan savalagandi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
11:33 / 23.11.2024