Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Putin halok bo‘lgan harbiylarning bevalari bilan uchrashdi, Moskva markazida piketlar davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 682-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Rossiya mudofaa vazirligi Qrim ustida ukrainlarning to‘rtta raketasi to‘xtatilgani, keyin Qora dengiz ustida kemalarga qarshi oltita raketa urib tushirilgani haqida hisobot berdi. Ukraina qurolli kuchlari Qrimdagi Saki harbiy aerodromiga zarba berilganini ma’lum qilgan.
Donetsk oblastining Pokrovsk rayoni Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, shundan besh nafari bolalar. Xarobalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Belgorodda ukrainlar hujumidan keyin yopilgan savdo markazlari faoliyati tiklandi, ammo rojdestvo ibodatlari bekor qilindi.
Moskva markazida safarbar qilinganlarning ayollari turmush o‘rtoqlarini frontdan qaytarishni talab qilgan holda piketga chiqishdi. Shuningdek, 15 chog‘li kishi Qizil maydondagi mitingga kelgan. Qo‘lga olinganlar haqida xabar berilmagan.
Volodimir Zelenskiy rossiyaliklarning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishga chaqirdi, u bu aktivlar qiymatini 300 milliard dollarga baholagan. «Bu terrorchi davlatni o‘z terrori uchun to‘lov qilishga majbur etish uchun tarixiy imkoniyat», — deya qayd etgan Zelenskiy.
Ukrainaga Daniyadan ilk F-16 qiruvchilari yetkazib berilishi yarim yilga kechiktirilmoqda. Daniya mudofaa vazirligi kechikish sababini keltirmagan. Kopenhagen Kiyevga F-16 samolyotlaridan jami 19 tasini yetkazib berishni va’da qilgan. Ukraina QK yana 42 ta qiruvchi samolyotni Niderlandiyadan qabul qilib olishi kerak — ular ham hozircha yetkazib berilmadi.
Putinning urush qurbonlari yaqinlari bilan uchrashuvi
Rojdestvo arafasida Vladimir Putin Moskva oblastidagi Novo-Ogaryovo qarorgohida Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning bevalari va yetim qolgan farzandlarini qabul qildi.
Putin qurbonlarning oila a’zolari «har doim yonida qo‘llab-quvvatlay oladigan, yordam beradigan va kerak bo‘lganda yordamga yetib keladigan odamlar borligini his qilishi kerakligi»ni aytdi. RF prezidenti, buning uchun «hukumatning istalgan darajadagi hamkasblari» mas’ul bo‘lishi lozimligini qo‘shimcha qilgan.
Prezident bilan uchrashuvdan oldin rossiyalik harbiylarning yaqinlari ko‘rgazma va boshqa tadbirlarga tashrif buyurishgan. Bolalar uchun 6 yanvar kuni kechqurun Novo-Ogaryovo qarorgohi hududidagi otxonaga ekskursiya uyushtirilgan. «Yetarlicha batafsil suhbat» (Dmitriy Peskov prezidentning harbiylarning oilalariga murojaatini shunday ta’riflagan)dan keyin Putin bevalar va bolalarni bayram ziyofatiga va qarorgohdagi ibodatxonadagi rojdestvo ibodatiga taklif etgan.
Vladimir Putin Ukrainadagi harbiy harakatlarda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning oila a’zolari bilan
Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETAPutinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohida bayramona kechki ovqat
Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETAHalok bo‘lgan rossiyalik harbiylardan birining o‘g‘li Putin qarorgohidagi ibodatxonada rojdestvo ibodati vaqtida
Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETAHalok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning yaqilari Putin bilan uchrashuvda
Gavriil Grigorov / Sputnik / AP / Scanpix / LETAGavriil Grigorov / Sputnik / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaga uchirilgan raketalar qoldiqlari
Ukraina hukumati tasdiqlashicha, Rossiya qo‘shini Xarkivga 2 yanvar kuni yo‘llagan raketalar Shimoliy Koreyadan sotib olingan. Harbiylar raketalardan birining butun qolgan dum qismini o‘rganib, uning Rossiyada ishlab chiqarilgan «Iskander»ning shu kabi qismidan farq qilishiga asoslangan holda shunday xulosaga kelishgan. Bu ma’lumotni tasdiqlash yoki inkor etish imkonsiz. Ukraina hukumati ekspertiza o‘tkazishda davom etayotganini bildirgan.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETAKiyevning Shevchenkovo rayonida Ukraina favqulodda davlat xizmati sapyorlari Rossiyaning «Kinjal» aeroballistik gipertovushli raketasining jangovar kallagini kovlab olib, xavfsizlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Foto: Ukraina FVDXRaketalarni xavfsizlashtirish Rossiya qo‘shinlarining Ukraina poytaxtiga 2023 yil 29 dekabrida qilgan hujumi oqibatlarini bartaraf etish doirasidagi navbatdagi amaliyot bo‘ldi. So‘nggi oylarda Kiyev bo‘ylab amalga oshirilgan eng kuchli raketa hujumlari oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lgan.
Foto: Ukraina FVDX
Ukrainalik askarlar Avdiyivka yaqinidan evakuatsiya qilinishi
Ukrainalik harbiy vrachlar yarador askarni Avdiyivka atrofidan evakuatsiya qilish uchun tibbiyot punktidan avtomobilga olib o‘tmoqda. Rossiya armiyasi Donetsk yaqinidagi bu shaharni olish uchun 2023 yil oktyabrida keng ko‘lamli yurish boshlagandi.
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida PressEvakuatsiya bo‘lishini kutayotgan ukrainalik yarador askar
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida PressUkrainalik harbiy vrachlar avtomobili yarador jangchilarni oldingi chiziqdan olib ketmoqda
Ozge Elif Kizil / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut atrofidagi ukrain tanklari
Ukraina QK jangchilari T-64 tankida Baxmut atrofida harakatlanmoqda. RF armiyasi bu shaharni ko‘p oylik janglardan keyin 2023 yil mayida egallab olgan, ammo Donetsk oblastining bu yo‘nalishida harbiy harakatlar hamon davom etmoqda.
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty ImagesUkrainalik askarlar T-64 tankida. Bu jangovar mashinalar 1960-yillarda SSSRda ishlab chiqarilgan
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty ImagesRoman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Moskvada yakkalik piket
Rossiyalik Mariya Andreyeva (uning turmush o‘rtog‘i 2022 yil oktyabrida safarbar qilingan) RF mudofaa vazirligining Moskvadagi binosi oldida yakkalik piketda. Andreyevaning qo‘lidagi plakatda shunday yozilgan: «2024 yil oila yilimi? Safarbar qilinganlarni oilalariga qaytaring!» Safarbar qilingan rossiyalik harbiylarning rafiqalari 2023 yil noyabridan erlarini frontdan qaytarishni faol talab qila boshlashdi. «Put domoy» telegram-kanalida muddatsiz safarbarlikka qarshi manifest va petitsiyalar e’lon qilingandi. Keyinroq ayollar fleshmob o‘tkazib, avtomobillariga «Vernite muja. Ya Za#balas» yozuvli stikerlarni yopishtirib olishgandi. Safarbar qilinganlarning rafiqalari 6 yanvar kuni Kreml oldida miting uyushtirdi (unga 15 ga yaqin kishi keldi) va Moskva markazida yakkalik piketlar o‘tkazishdi. Qo‘lga olinganlar haqida xabar qilinmagan.
Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari
Frontdagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqidagi xabarlarga qaramay, Ukraina qurolli kuchlari eng qaynoq nuqtalarda RF qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. Fotoda — ukrain harbiylari shvedlarning Archer («Kamonchi») o‘ziyurar artilleriya qurilmasi orqali ruslarning Donetsk oblastidagi pozitsiyasiga zarba berishga tayyorlanayotgani aks etgan.
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty ImagesKo‘p maqsadli, 155-millimetr kalibrli Archer qurilmasi o‘q otish vaqtida o‘qlash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgani bilan ajralib turadi (bu esa, raschyotdagi harbiylar sonini uch-to‘rt kishigacha qisqartirish imkonini beradi). Archer birinchi snaryad nishonga borib yetgunicha uchta snaryad uchirishga ulguradi. Fotoda — ruslarning Donetsk oblastidagi pozitsiyasiga zarba berishga tayyorlanish jarayoni
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty ImagesArcher so‘nggi vaqtlarda tez-tez Donetsk oblasti hududida ishlayotgan fotomuxbirlar obektiviga tushmoqda. Bu fotoda gaubitsa allaqachon nishon olgani va rossiyaliklar pozitsiyasiga zarba berishga tayyor holda turgani aks etgan
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty ImagesUkraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning Donetsk oblastidagi pozitsiyasiga Archer artilleriya qurilmasidan zarba yo‘llamoqda
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Grozniyda Skott Ritter bilan tantanali uchrashuv
Skott Ritter — o‘tmishda amerikalik dengiz piyodasi va BMT inspektori bo‘lgan — so‘nggi yillarda Rossiya propagandasining sevimli shaxslaridan biriga aylangan. U «harbiy ekspert» sifatida har qanday yangilikni kremlparast pozitsiyadan turib sharhlaydi — davlat nazoratidagi rus nashrlari esa uning so‘zlarini «Ukraina qurolli kuchlari strategik mag‘lubiyatga uchradi», «Zelenskiydan tez orada qutulishlari mumkin» va hokazo sarlavhalar bilan tarqatishadi. Propagandani ushbu spikerning yomon reputatsiyasi tashvishga solmaydi: 2011 yil aprelida AQSh sudi Ritterni voyaga yetmagan qizning nomusini bulg‘ashga urinishda aybdor deb topgan.
5 yanvar kuni Ramzan Qodirov Ritterga Grozniyda kutilmaganda hashamatli qabul uyushtirdi. Amerikalikning qarshisida maxsus bo‘linmaning o‘n minglab jangchilari saf tortdi, Checheniston rahbarining o‘zi esa bu marosim vaqtida shov-shuvli bayonot bilan chiqdi: oila a’zolaridan sanksiyalar yechilishi evaziga asirlikdagi ukrain harbiy xizmatchilarini topshirishga tayyorligini aytdi. Bu taklif Rossiyadagi urush tarafdorlari bo‘lgan «harbiy muxbir»larning keskin noroziligiga uchragach, Qodirov o‘z so‘zlarini «katta trolling» deb atadi.
Maxsus bo‘linma jangchilari Grozniyda Skott Ritter tashrifi sharafiga saf tortdi
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETASkott Ritter saf tortgan qo‘shin qarshisida nutq so‘zlamoqda
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA«Maydonda 25 ming o‘qitilgan va to‘liq jihozlangan jangchi saf tortdi, yuzlab jangovar mashinalar va o‘lja qilib olingan g‘arb qurollari tizib qo‘yildi», — deya tasvirlagan marosimni o‘z telegram-kanalida Qodirov
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETAOldingi planda — libosida Gudermesda joylashgan Rossiya maxsus kuchlari universitetining nashivkalari aks etgan jangchilar
Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA