Samarqandda Gentra urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
Mashina piyodani xalqaro yo‘lda beton to‘siqdan oshib o‘tayotganida urib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani mashina urib yuborgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 yanvar kuni soat 20:00 larda M-37 xalqaro avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Navoiy-Samarqand yo‘nalishida kelayotgan Gentra haydovchisi Paxtachi tumani Hayit Elbegi mahallasi hududida beton to‘siqdan oshib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Mavzuga oid

16:32 / 27.05.2025
Paxtachida bir kunda 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025