Jahon | 14:44 / 08.01.2024
6937
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Vakillar palatasi spikeri Ukraina bo‘yicha pozitsiyani tushuntirdi

Jyeyms Maykl Jonson Kiyevga beriladigan yangi yordam transhiga qarshi ovoz berib, Oq uyga signal yubordi. Vashington Ukraina bo‘yicha strategiyani Amerika xalqiga tushuntirmayapti, deb hisoblaydi respublikachi-siyosatchi.

Foto: J. Scott Applewhite / AP

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Jyeyms Maykl Jonson qariyb ikki yildan beri Rossiya hujumini qaytarayotgan Ukrainaga yangi harbiy yordamni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganini tushuntirdi. Transhga qarshi ovoz berish bilan respublikachi siyosatchi Oq uyga signal yubordi, bu ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashga qat’iylik yo‘qligini anglatmaydi, dedi Jonson 7 yanvar, yakshanba kuni efirga uzatilgan CBS mediakompaniyasiga bergan intervyusida. 

Oq uyning xatti-harakati Amerika xalqiga tushunarli emas, deb hisoblaydi respublikachi. «Ukrainadagi yakuniy bosqich qanday? Bizning strategiyamiz nima? Maqsad nima?» — deb savol berdi Kongress quyi palatasi spikeri. Bundan tashqari, Jonson AQSh rasmiylari transh ma’qullansa, mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishini qanday nazorat qilmoqchi ekani bilan qiziqdi. 

Siyosatchi mamlakat davlat qarzi tarixda birinchi marta 34 trillion dollardan oshganini ta’kidladi. Kiyevga yordamga pul jo‘natish uchun Vashington «aslida uni boshqa joydan qarzga olishi kerakligini bildiradi», deb tushuntirdi respublikachi. «Biz erkinlik tarafdorimiz. Lekin buni moliyalashtirayotgan odamlar oldida javobgarmiz», dedi Jonson. Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashingtondan yozma ravishda ochiq va shaxsiy tarzda javob so‘ragan, ammo urinishlar samarasiz bo‘lgan. 

Kongressdagi qonun chiqaruvchilar Ukrainaga yangi yordam bo‘yicha haligacha kelisholmadi

AQShning Ukrainaga harbiy yordamini yangidan moliyalashtirish faqat Kongressning roziligi bilan amalga oshishi mumkin. Biroq Demokratlar va Respublikachilar partiyalari bu masalada hali konsensusga erisha olmadi. 

Oq uy Kiyevga yordam berish uchun 61,3 milliard dollar so‘ramoqda. Respublikachilar ichki muammolarni hal qilish - AQShning Meksika bilan chegarasini mustahkamlash va noqonuniy migratsiya ko‘lamini cheklash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratmasdan turib, bu transh bo‘yicha kelishib olishdan bosh tortmoqda. 

Mavzuga oid