Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi oyda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda qaysi oyda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 887 424 nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni bo‘yicha avgust yetakchilik qilmoqda – 97 310 nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan qayd etilgan tug‘ilishlar soni mos ravishda 95 374 nafar va 90 451 nafar bo‘lgan iyul hamda oktyabr joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- sentabrda – 89 629 nafar;
- mayda – 81 138 nafar;
- noyabrda – 80 088 nafar;
- yanvarda – 76 211 nafar;
- martda – 73 948 nafar;
- iyunda – 72 609 nafar;
- aprelda – 65 787 nafar;
- fevralda – 64 879 nafar.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
19:30 / 25.05.2025