Kia EV9 flagman elektr krossoveri O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
• O‘zbekistonda Kia elektrli avtomobillar liniyasi flagman modelining sotuvlari 2024 yilning 18 yanvar sanasidan boshlanadi.
• Sotuvlar boshlangan davrdan boshlab Kia EV9 to‘liq jihozlangan GT-Line versiyasida, salonning 6 yoki 7 o‘rindiqli jihozlanishida taklif etiladi.
• Kia EV9 GT-Line'ning quvvat agregatining quvvati 384 ot kuchiga, aylantiruvchi moment 700 N•m teng, bosib o‘ta oladigan masofa zaxirasi esa – 497 km gacha.
• Kia EV9 SUV’larning ulkan salohiyati bilan uyg‘unlikda qulaylik, dinamika va ilg‘or texnologiyalar sohasida yangicha standartlarni o‘rnatadi.
8 yanvar 2023 yil, Toshkent shahri – Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024 yilning 18 yanvar kunidan Kia EV9 flagman elektr krossoverining O‘zbekiston bozorida sotuvlari boshlanishini ma’lum qiladi.
To‘liq o‘lchamli uch qator o‘rindiqli EV9 elektr krossoveri – Kia’ning elektromobillar uchun modulli universal platformasi E-GMP'da yaratilgan eng ulkan modeldir. Uning gabarit uzunligi 5010 mm, kengligi 1980 mm, balandligi 1780 mm ni tashkil etadi. Dizaynerlar elektromobilning asosiy joylashtirilish afzalliklarini ustalik bilan amalga oshirganlar: 3100 mm (Kia Mohave'nikidan keng) g‘ildirak bazasi va ostida tortish batareyasi o‘rnatilgan tekis pol kabinada misli ko‘rilmagan kenglikka erishishga imkon berdi. EV9 , SUV’larning murosasiz potensiali bilan uyg‘unlashgan holda qulaylik, dinamika va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha yangicha standartlarni belgilamoqda.
EV9'ning dizayni Kia’ning “Qarama-qarshiliklar uyg‘unligi” korporativ falsafasiga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu to‘liq o‘lchamli krossoverning konsepsiyasi – bu elektromobilning nafisligi va SUV’larning salobatliligi, zamonaviy urbanistik uslub va tabiat bilan birlikning o‘ziga xos kombinatsiyasidir. Kuzovning konturlari keskin shakllar va chiziqlar - ko‘pburchaklar va uchburchaklar asosida yaratilgan. Shu bilan birga, dizaynerlar va muhandislar Kia EV9 ‘ni elektrik modellar uchun o‘ta muhim bo‘lgan samarali aerodinamik sifatlar bilan ta’minlay olganlar. Bir qator noyob yechimlar tufayli krossoverning aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti Cd bor-yo‘g‘i 0,28 ni tashkil etadi, bu esa sport uslubidagi avtomobillarga xos o‘lchamdir.
Kia EV9 barcha yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Old qatordagi o‘rindiqlarni oddiy tugmani bosish orqali haydovchi va yo‘lovchiga akkumulyator quvvatlanayotganda o‘zini bo‘sh tutish va dam olish imkonini beruvchi “relaksatsiya” rejimiga o‘tkazish mumkin. Olti o‘rindiqli versiyada krossover, nafaqat isitiladigan va shamollatiladigan, balki massaj tizimiga ega bo‘lgan ikkinchi qator VIP o‘rindiqlari bilan jihozlanadi. EV9 GT-Line'ga Meridian Premium Sound System klassidagi 14 karnayli va tovush maydonini avtomatik sozlash tizimiga ega Hi-End audiotizimi o‘rnatiladi.
Elektr krossoverining dinamikasi haydashda sizga eng yorqin hissiyotlarini taqdim etishi mumkin. EV9 GT-Line'ning 100 km/soatgacha tezlashuvi atigi 5,3 soniyaga teng bo‘lib, bu sport modellarning dinamikasi bilan solishtirish mumkin bo‘lgan o‘lchamdir. Istalgan vaqtda mavjud bo‘lgan 700 N•m quvvatli aylantirish momenti haydovchiga o‘zini ishonchli his qilish imkonini beradi. Reykaga o‘rnatilgan elektr kuchaytirgich motorli (R-MDPS cxemasi) rul boshqaruvining zamonaviy konstruksiyasi aniq va shaffof boshqaruvni, podveskasi esa (old - McPherson ustunlari bilan, orqada - besh dastakli) - ishonchli barqarorlik va haydashda ajoyib qulaylikni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, yetarli darajadagi yo‘l sathidan balandlik (kamida 177 mm), hayratomuz aylantirish momenti, to‘liq privod va "Terrain Mode" yo‘lsizlikda harakatlanish rejimlarini tanlash tizimi - Kia EV9'ga SUV’larning yengib o‘tuv sifatlarini baxsh etadi. Elektr quvvat agregati Terrain Mode’ning har qanday rejimlarida ("Qor", "Loy", "Qum"), harakatlanishning boshida ham, uning istalgan lahzasida ham elektr motorlarining tortishishini boshqarish uchun turli xil algoritmlarni o‘rnatishga imkon berib, alohida har bir g‘ildirak uchun eng maqbul xususiyatlarni ta’minlaydi. Kia EV9'ning yana bir afzalligi - tormoz tizimi bilan jihozlangan, og‘irligi 2,5 tonnagacha bo‘lgan yoki vazni 900 kg gacha bo‘lgan, tormoz tizimi bilan jihozlanmagan tirkamalarni tortish imkoniyatidir. "Pritsep" rejimi yoqilganda, elektronika elektr mobilning tortish bilan bog‘liq bo‘lgan yurish masofasi zaxirasidagi o‘zgarishlarni avtomatik ravishda aniqlaydi.
O‘zbekistonda sotuvlar boshlangan kundan boshlab Kia EV9 eng quvvatli va jihozlangan GT-Line komplektatsiyasida, salonning yetti o‘rindiqli kompanovkasida yoki o‘rindiqlarning yuqori qulayligiga ega olti o‘rindiqli kompanovkada taklif etiladi. EV9 GT-Line hajmi oshirilgan (99,9 kVt/soat, urish masofasi 497 km gacha) yuqori voltli litiy-ionli tortish batareyasi va har bir o‘q uchun bittadan ikkita elektr dvigatel bilan jihozlanadi. Quvvat agregatining umumiy quvvati 384 ot kuchiga tengdir. Flagman elektr krossoverining maksimal tezligi 200 km/soatni tashkil etadi.
Kia EV9'ning xarakteristikalari, jihozlanishi va narxlari haqidagi batafsilroq ma’lumotlar - sotuvlar boshlanadigan sanaga yaqin davrda taqdim etiladi.
Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook
Telefon: + 99855−500−83−33
Mavzuga oid
19:00
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024
Yangilangan Kia K5 Turbo intereri: zamonaviylik va qulaylik
19:00 / 27.07.2024